bolalar ortodonti · Toshkent
Bepul test · 2 daqiqa · 6 savol

Farzandingizning jag'i to'g'ri o'syaptimi?

Rasmlarga qarab tanlang — natija darhol. O'sish davrida payqalgan jag' muammosini operatsiyasiz to'g'rilash imkoniyati ko'proq.

1 / 6Farzandingiz necha yoshda?

Tanlang — test shu zahoti boshlanadi · 0 so'm

Normal jag' profili
Normal
Yuqori jag' orqada qolgan profil — iyak oldinda
Yuqori jag' orqada
Pastki jag' orqada qolgan profil — iyak orqada
Pastki jag' orqada
  • 1Farzandingizda jag' muammosi ehtimoli — past, o'rtacha yoki yuqori
  • 2Qaysi jag' bilan bog'liq bo'lishi mumkin — yuqori, pastki yoki tishlar
  • 3Farzandingiz yoshida davolash uchun qancha vaqt qolgani
  • 4Hozir nima qilish kerakligi — aniq keyingi qadam
Ko'p ota-onalar bilmaydi

Muammo ko'pincha tishda emas, jag'da

"Tishlari qiyshiq, katta bo'lsa breket qo'yamiz" — eng ko'p uchraydigan fikr. Lekin tishlar noto'g'ri turishining sababi ko'pincha jag'ning noto'g'ri o'sishida bo'ladi. Breket tishni suradi, jag'ni esa o'stirmaydi.

Pastki old tishlar yuqori tishlardan oldinda

Yuqori jag' orqada qolgan

Pastki old tishlar yuqoridagilardan oldinda turadi. Yon tomondan iyak oldinga chiqqandek, yuzning o'rtasi esa botiqdek ko'rinadi.

Yuqori old tishlar pastkilardan ancha oldinda

Pastki jag' orqada qolgan

Yuqori old tishlar oldinga chiqib turadi, pastki jag' va iyak kichik, orqaroqda. Profil "qush yuzi"ga o'xshab qoladi.

Old tishlar jipslashganda bir-biriga tegmaydi

Old tishlar tegmaydi

Tishlar jipslashganda old tishlar orasida tirqish qoladi. Ko'pincha barmoq so'rish, til holati yoki og'iz bilan nafas olish bilan bog'liq.

Nega aynan hozir

Jag'ni faqat u o'sayotganda yo'naltirish mumkin

5–7

Erta davrJag' faol o'smoqda. Muammo bo'lsa, o'sishni yumshoq yo'naltirish eng oson.

8–11

Eng qulay davrJag' o'sishini apparatlar bilan to'g'ri tomonga yo'naltirish uchun eng yaxshi yillar.

12–14

Vaqt qisqarmoqdaHali imkon bor, lekin har bir yil muhim.

15–17

O'sish tugashiga oz qoldiApparat bilan nima qilish mumkinligi faqat ko'rikda aniqlanadi.

18+

O'sish tugaganJag' muammosini ko'pincha faqat breket va jarrohlik operatsiyasi bilan to'g'rilash mumkin — bu qimmatroq va og'irroq yo'l.

Real natijalar

O'z vaqtida kelgan bolalar

Dr. Sherali bemorlari. Ota-onalar ruxsati bilan.

E'zoza davolashdan oldin
Oldin
E'zoza davolashdan keyin
Keyin

E'zoza, 9 yosh

Yuqori jag' tor va orqada qolgan edi. Xayreks jag'ni kengaytirdi, yuz niqobi oldinga tortdi.

⏱ 2 oyXayreks + yuz niqobi
Shohro'z davolashdan oldin
Oldin
Shohro'z davolashdan keyin
Keyin

Shohro'z, 13 yosh · Chirchiq

Pastki old tishlar oldinda edi. Sabab — tor yuqori jag'. Xayreks bilan prikus to'g'ri tomonga o'tdi.

⏱ 2 oyXayreks
Shahrizoda davolashdan oldin
Oldin
Shahrizoda davolashdan keyin
Keyin

Shahrizoda, 13 yosh · Yangiyo'l

Pastki tishlar ustkilarni yopib turardi. 3 oyda ustki tishlar normadagidek oldinga chiqdi.

⏱ 3 oyXayreks

Har bir bola alohida. Davolash muddati va natija jag' holati va yoshga bog'liq — buni faqat shifokor ko'rikda aytadi.

Savollar

Test pullikmi?

Yo'q, test bepul. Natijani ko'rish uchun faqat ism va telefon raqam so'raladi.

Raqamimni nima qilasiz?

Raqam faqat klinika administratoriga boradi. Administrator savollaringizga javob berish uchun qo'ng'iroq qilishi mumkin. Reklama tarqatilmaydi.

Kechiktirsak nima bo'ladi, qancha turadi?

O'sish tugagach (taxminan 16–18 yoshdan keyin) jag'ni apparat bilan o'zgartirib bo'lmaydi. Unda breket va jag' operatsiyasi qoladi: Toshkentda pastki jag' osteotomiyasi 10,5 mln so'mdan, yuqori jag' — 12,5 mln so'mdan, ikkalasi — 23 mln so'mdan; bunga kasalxona, narkoz va 1,5–2 yillik breket qo'shiladi. Jami ko'pincha 17–30+ mln so'm va 2–3 yil. (Manba: clinics.uz, kun.uz, 2026; narx klinikaga qarab farq qiladi.)

Bu tashxismi?

Yo'q. Test siz bergan javoblarga qarab ehtimolni ko'rsatadi. Aniq holatni faqat doktor ko'rikda aniqlaydi.

Konsultatsiya qancha turadi?

200 000 so'm. Doktor tish va jag'ni ko'radi, davolash kerakmi, qanday va qancha vaqt — tushuntiradi. Chilonzor va Beruniy filiallari.

Viloyatdanmiz, bo'ladimi?

Testni hamma bepul topshirishi mumkin. Lekin hozircha konsultatsiyaga onlayn yozilish faqat Toshkent shahri aholisi uchun.

2 daqiqa — va siz bilasiz

Kutib turish bilan jag' muammosi o'z-o'zidan o'tib ketmaydi. Hozir tekshirib, xotirjam bo'ling yoki o'z vaqtida harakat qiling.